locale OZ

«Arsenal» oʻz tarkibini «Real» himoyachisi yordamida kuchaytirmoqchi

Londonliklar yangi mavsum oldidan jamoani yangilash ustida ish olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» oʻz tarkibini «Real» himoyachisi yordamida kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Alvaro Karrerasga qiziqish bildirmoqda. Klub allaqachon futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta Karrerasga «Arsenal»ning kelgusi yillardagi loyihasida asosiy rollardan birini va’da qilgan, deya xabar beradi insayder Ekrem Konur o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

23 yoshli ispaniyalik futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2031 yilga qadar amal qiladi. «Arsenal» Karrerasga qiziqish bildirayotgan yagona klub emas; uning harakatlarini «Manchester Yunayted», «Yuventus» va «Napoli» ham kuzatib bormoqda. Yevropaning yetakchi klublari uni chap qanot himoyasi muammosini uzoq yillarga hal qila oladigan istiqbolli aktiv sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Karreras Madrid klubi safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting