locale OZ

\"Arsenal\" Osiyo turnesiga 30 nafar futbolchi bilan yo‘l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Osiyo turnesiga 30 nafar futbolchi bilan yo‘l oldi
Photo: Getty Images

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa bilan Singapur va Gonkongga mavsumoldi safariga boradigan 30 nafar futbolchi ro‘yxatini e'lon qildi.

Ikki haftalik tur davomida "kanonirlar" 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi: Singapurda "Milan" (23 iyul) va "Nyukasl" (27 iyul), Gonkongda esa "Tottenxem" (31 iyul).

To‘liq qaydnoma quyidagicha:

Darvozabonlar: David Raya, Kepa Arrisabalaga, Tommi Setford, Aleksey Roxas Fedorushenko;

Himoyachilar: Uilyam Saliba, Ben Uayt, Gabriel Magalyayes, Yurien Timber, Yakub Kiver, Aleksandr Zinchenko, Rikardo Kalafiori, Maylz Lyuis-Skelli, Joshua Nikols, Marli Salmon;

Yarim himoyachilar: Martin Edegor, Kristian Nyorqor, Mikel Merino, Sambi-Lokonga, Martin Subimendi, Deklan Rays, Lui Jorj Kopli;

Hujumchilar: Bukayo Saka, Gabriel Martinelli, Leandro Trossar, Itan Nvaneri, Ris Nelson, Kay Haverts, Ismil Kabia, Maks Douman, Maks Dovman, Andre Garriman-Annus.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting