“Arsenal” Osimhenni faqat bir shart bilan sotib olishi mumkin
Hozirda Osimhen “Galatasaray”da yiliga taxminan 20 million yevro maosh oladi.
Foto: Getty Images
“Arsenal” “Galatasaray” hujumchisi Viktor Osimhenni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq London klubi nigeriyalik futbolchi bilan muzokarani faqat u maosh bo‘yicha talablarini kamaytirgan taqdirdagina boshlashga tayyor.
Hozirda Osimhen “Galatasaray”da yiliga taxminan 20 million yevro maosh oladi. “Arsenal” esa unga bunday shartlarni taklif qilishni rejalashtirmayapti. Shu sabab transfer amalga oshishi uchun 27 yoshli hujumchi moliyaviy talablarini sezilarli darajada pasaytirishi kerak.
Agar Osimhen maoshini kamaytirishga rozi bo‘lmasa, uning shu yozda “Galatasaray”da qolishi ehtimoli yuqori. London klubi hujum chizig‘ini kuchaytirishni istayotgan bo‘lsa-da, transfer uchun o‘zining maosh siyosatini buzmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Osimhenning “Galatasaray” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist