locale OZ

«Arsenal» Osimhen transferini muhokama qildi

Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal Osimhen transferini muhokama qildi
ФОТО: Getty images

Londonning "Arsenal" klubi va "Galatasaray" Viktor Osimhenning ehtimoliy transferini muhokama qildi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar "Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinellining Istanbul klubiga ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan paytda nigeriyalik forvard masalasini ham muhokama qilgan.

Biroq APL amaldagi chempioni Osimhenni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun rasmiy harakat boshlaydimi yoki yo‘qmi — hozircha noma’lum.

27 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etdi. Osimhen 2025 yil 31 iyul kuni "Galatasaray"ga doimiy ravishda o‘tib, klub bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan. Transfer qiymati 75 million yevroni tashkil etgan va bu Turkiya Superligasi tarixidagi rekord hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting