Arsenal o‘rtoqlik o‘yinida Milan ustidan g‘alaba qozondi
Photo: Getty Images
Mavsumoldi tayyorgarlik doirasida chorshanba kuni Singapurda "Arsenal" va "Milan" o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Mikel Arteta jamoasi 1:0 hisobida zafar quchdi.
Yagona golga hujumkor yarim himoyachi Bukayo Saka mualliflik qildi. U ikkinchi bo‘lim boshida (53-daqiqada) hisobni ochdi.
Asosiy 90 daqiqadan so‘ng "Arsenal" va "Milan" futbolchilari penaltilar seriyasini tepishga kelishib olishdi. Seriyada jami 18 ta zarba amalga oshirildi. Bu safar "Milan" 6:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahrom Bobonov
Redaktor