“Arsenal” Noni Maduekeni qishda qo‘yib yubormaydi
“Arsenal” vingeri Noni Madueke qishki transfer oynasida jamoani tark etmaydi. London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchining o‘yin vaqti kam bo‘layotganiga qaramay, uni tarkibda saqlab qolishni istamoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Maduekega “Atletiko Madrid” va “Yuventus” qiziqish bildirgan. Biroq Arteta futbolchi bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni rad etish niyatida. Maduekening o‘zi ham “Arsenal”da qolib, asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashmoqchi.
24 yoshli ingliz futbolchisi joriy mavsumda APLda asosan zaxiradan maydonga tushmoqda. Shunga qaramay, u Liga kubogida “Ipsvich”ga qarshi uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Arsenal” barcha musobaqalarda sovrinlar uchun kurashayotgani sabab Arteta tarkib chuqurligini saqlab qolishni muhim deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, Madueke joriy mavsumda “Arsenal” safida barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.