«Arsenal» Morgan Rojers uchun kurashga qo‘shildi
«Arsenal» klubi «Aston Villa»ning 23 yoshli yarimhimoyachisi Morgan Rojersga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning agentlari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. talkSPORT nashri xabariga ko‘ra, «kanonirlar» bu transferda «Manchester Yunayted» va «Chelsi» bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Birmingemliklar o‘z futbolchisini kamida 80 million funt sterlingga (92,8 million yevro) baholashmoqda, biroq klublar o‘rtasidagi kurash sababli bu narx 100 million funtgacha ko‘tarilishi mumkin. Rojersning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Iqtidorli ingliz futbolchisi joriy mavsumda barcha turnirlarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 12 ta golli uzatbaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali uning ayni paytdagi bozor qiymatini 80 million yevro deb baholagan.