locale OZ

«Arsenal» Morgan Rogers transferiga yaqinlashmoqda

Yangi bitim 2031 yilning iyun oyigacha amal qilishi rejalashtirilgan.
«Arsenal» Morgan Rogers transferiga yaqinlashmoqda
ФОТО: Getty images

Londonning Arsenal klubi Aston Villa vingeri Morgan Rogers transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Sasha Tavolieri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikki klub vakillari doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Muzokaralar ijobiy ruhda kechmoqda va tomonlar asta-sekin kelishuvga yaqinlashmoqda.

Shuningdek, Arsenal 23 yoshli ingliz futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha asosiy shartlarni ham kelishib olgan. Yangi bitim 2031 yilning iyun oyigacha amal qilishi rejalashtirilgan.

Xabar qilinishicha, Rogers Aston Villa rahbariyatiga joriy yozda Arsenal’ga o‘tish istagini bildirgan. Bu esa muzokaralarning yanada tezlashishiga xizmat qilmoqda.

Birmingem klubi ham futbolchining ketishi ehtimoli yuqori ekanini inobatga olib, uning o‘rniga munosib nomzod izlashni boshlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting