locale OZ

“Arsenal” “Monako” himoyachisi Vandersonga qiziqmoqda

“Kanonirlar” 25 yoshli braziliyalik futbolchining o‘yinlarini so‘nggi haftalarda muntazam kuzatib bormoqda.
“Arsenal” “Monako” himoyachisi Vandersonga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “Monako”ning o‘ng qanot himoyachisi Vandersonni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” 25 yoshli braziliyalik futbolchining o‘yinlarini so‘nggi haftalarda muntazam kuzatib bormoqda.

Hozircha “Arsenal” Vanderson bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan va klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Londonliklar himoyachining o‘yinini baholab, uni kelajakdagi transfer oynalari uchun nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Vanderson 2026/27-yilgi mavsumda “Monako”ning asosiy tarkib futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Braziliyalik himoyachi joriy mavsum Fransiya chempionati va UEFA Konferensiyalar ligasida yettita uchrashuvda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, Vanderson “Monako” safiga 2022-yil yanvarida Braziliyaning “Gremio” klubidan kelib qo‘shilgan. Uning fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. “Monako” ayni paytda futbolchi bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni ham boshlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting