«Arsenal» Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilga qadar amal qiladi.
FOTO: Getty Images
Angliyaning «Arsenal» klubi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
43 yoshli ispan mutaxassisning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Ayni paytda «Arsenal» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 21 ta o‘yindan so‘ng 49 ochko jamg‘argan.
Shuningdek, Mikel Arteta shogirdlari Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida ham birinchi o‘rinda bormoqda. «To‘pchilar» olti uchrashuvda 18 ochko to‘plagan bo‘lib, musobaqa davomida atigi bitta gol o‘tkazib yuborgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist