locale OZ

«Arsenal» Mateush Fernandeshni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

21 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi oʻyinlari londonliklarni hayron qoldirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Mateush Fernandeshni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Vest Hem» a’zosi Mateush Fernandesh bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

21 yoshli portugaliyalik iqtidorning joriy mavsumdagi o‘yinlari «Arsenal» murabbiylar shtabida katta qiziqish uyg‘otgan. «Vest Hem»ning Premyer-ligadan tushib ketish ehtimoli yuqoriligi sababli, «kanonirlar» ushbu transferni muvaffaqiyatli yakunlash uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, Mateush Fernandesh joriy mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting