locale OZ

“Arsenal” Martinellini sotmoqchi, biroq futbolchi klubni tark etishni istamayapti

“Kanonirlar” 25 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasi yakuniga qadar sotishni rejalashtirmoqda.
“Arsenal” Martinellini sotmoqchi, biroq futbolchi klubni tark etishni istamayapti
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi vinger Gabriel Martinelli bilan xayrlashishga tayyor. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” 25 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasi yakuniga qadar sotishni rejalashtirmoqda.

Yaqinda “Galatasaray” Martinelli uchun “Arsenal”ga 45 million yevrolik taklif yuborgan. Biroq transfer yo‘lidagi asosiy muammo futbolchining o‘zi bo‘lib turibdi — braziliyalik vinger faoliyatini Turkiyada davom ettirishni istamayapti.

Manbaga ko‘ra, Martinelli o‘z ambitsiyalariga mos kelmaydigan klubga o‘tishni xohlamaydi. Bundan tashqari, futbolchining “Arsenal”ni tark etishga ham katta istagi yo‘q. Shu sababli londonliklarning uni yozda sotish rejasi murakkablashmoqda.

Ma’lumot uchun, Martinelli 2019-yildan buyon “Arsenal” safida to‘p tepmoqda. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda 11 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etdi. Shuningdek, Mikel Arteta futbolchini “Manchester Siti”ga qarshi Angliya Superkubogi uchrashuvi qaydnomasiga kiritmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting