«Arsenal» Martinelliga munosib oʻrinbosar topdi
Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
London klubi ivuarlik futbolchini Gabriel Martinelliga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. «RB Leypsig» esa o‘z futbolchisi uchun 100 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Diomandning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Vinger Germaniya klubi safiga 2025 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda Diomand «RB Leypsig» safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.