“Arsenal” Martinelli transferidan qariyb 60 million yevro ishlab olishi mumkin
“Arsenal” hujumchisi Gabriel Martinelli faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Hilal” klubida davom ettirishi mumkin. Tomonlar braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Manbalarga ko‘ra, “Arsenal” Martinellini sotishdan qariyb 60 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda. Saudiya klubi futbolchi uchun taklif bilan chiqqan va muzokaralar davom etmoqda.
25 yoshli futbolchi yangi mavsum boshidagi uchrashuvlarda “Arsenal” qaydnomasidan joy olmadi. Uning klubdagi kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda. Martinelli avvalroq “Galatasaroy”ning taklifini rad etgan edi.
Ma’lumot uchun, Martinelli 2019-yildan buyon “Arsenal” safida to‘p tepmoqda. U London klubi tarkibida barcha musobaqalarda 278 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol va 36 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.