“Arsenal” “Manchester Siti” ustidan 2014-yildan beri eng yirik g‘alabasini qayd etdi
“Arsenal” Angliya Superkubogi bahsida “Manchester Siti”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, yangi mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Londonliklar uchrashuv davomida raqib darvozasiga uchta javobsiz gol urib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
Ushbu natija “Arsenal”ning “Manchester Siti” ustidan so‘nggi 12 yil ichidagi eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. London klubi “shaharliklar”ni oxirgi marta bunday yirik hisobda 2014-yilda mag‘lub etgan edi.
Qizig‘i, 2014-yildagi uchrashuv ham Angliya Superkubogi doirasida bo‘lib o‘tgan va o‘shanda ham “Arsenal” “Manchester Siti”ni aynan 3:0 hisobida yenggan. Oradan 12 yil o‘tib londonliklar xuddi shu turnirda va xuddi shu hisob bilan raqibidan ustun keldi.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” yangi Angliya Premer-ligasi mavsumidagi ilk uchrashuvini 21-avgust kuni “Koventri”ga qarshi o‘tkazadi. “Koventri” chorak asrlik tanaffusdan so‘ng yana Angliya futbolining yuqori divizioniga qaytdi.