locale OZ

«Arsenal» MakTomineyni sotib olishni rejalashtirmoqda

Uning “Napoli” bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» MakTomineyni sotib olishni rejalashtirmoqda
ФОТО: Getty images

“Napoli” klubi yarim himoyachisi Skott MakTominey Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqida TeamTalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchiga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O‘z navbatida neapolliklar MakTomineyni jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Ammo yaxshi taklif tushsa, uni sotish imkoniyatini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Agar da’vogarlar Skott uchun 80 milliondan kamroq taklif yuborsa, uni sotmaydi.

Joriy mavsum MakTominey barcha musobaqalar doirasida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning “Napoli” bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting