locale OZ

«Arsenal» Maksimilian Bayerga qiziqmoqda

Bayerning bozor qiymati hozirda 40 million yevro atrofida baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Maksimilian Bayerga qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

Londonning «Arsenal» klubi Dortmund «Borussiya»si markaziy hujumchisi Maksimilian Bayerni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, «kanonirlar» 23 yoshli germaniyalik futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. London klubi Bayer tarkibni kuchaytirish uchun mos nomzod bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Bayer 2026/27-yilgi mavsum boshidan buyon barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuv o‘tkazdi. U bu bahslarda 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Hujumchining Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Bayerning bozor qiymati hozirda 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting