locale OZ

«Arsenal» Lukman uchun \"Inter\" bilan kurashadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Lukman uchun "Inter" bilan kurashadi
Photo: Getty Images

Londonning "Arsenal" klubi "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman uchun da’vogarlardan biri bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi "Inter"ga o‘tishni istamoqda. Biroq milanliklar bergamoliklar bilan kelisha olmadi — muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

So‘nggi kunlarda nigeriyalik hujumchiga "Arsenal"dan ham qiziqish bildirilyotgani haqida xabarlar tarqaldi, biroq hozircha hech qanday aniqlik yo‘q.

Ademola Lukman o‘tgan mavsumda "Atalanta" safida 40 ta o‘yinda 20 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan, shuningdek, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting