locale OZ

Arsenal Londonda Realni ishonchli tarzda mag'lub etdi va Chempionlar Ligasi yarim finali sari muhim qadam tashladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal Londonda Realni ishonchli tarzda mag'lub etdi va Chempionlar Ligasi yarim finali sari muhim qadam tashladi
Arsenal Londonda Realni ishonchli tarzda mag'lub etdi va Chempionlar Ligasi yarim finali sari muhim qadam tashladi

Chempionlar Ligasi chorak final bosqichida Angliyaning «Arsenal» jamoasi o'z maydonida Madridning «Real» klubini yirik hisobda mag'lub etdi.
Uchrashuv 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da Londondagi «Emirates» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘lim gollar va ogohlantirishlarsiz yakunlandi. Ikkinchi taymda 58-daqiqada hisobni Deklan Rays ochdi. Angliyalik yarim himoyachi 70-daqiqada ikkinchi golini urib, «Arsenal»ni 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi.
75-daqiqada Maykl Merino jamoasi hisobini 3:0 qilib oshirdi.

Uchrashuvda quyidagi futbolchilar sariq kartochka olishdi:
Tomas Parti («Arsenal») - 54-daqiqada qoida buzganligi uchun,
Eduardo Kamavinga («Real») - 68-daqiqada fol uchun va 90+4 - daqiqada hakam bilan tortishgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi. Natijada u qizil kartochkaga ega bo'lib, javob uchrashuvini o'tkazib yuboradi. Javob bahsi 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar Ligasi. Chorak final
Arsenal - Real Madrid
Gollar: Rays (58, 70), Merino (75)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting