“Arsenal” “Liverpul”ning 18 yoshli iqtidoriga qiziqmoqda
“Liverpul”ning 18 yoshli vingeri Rio Ngumoha Londonning “Arsenal” klubi e’tiboriga tushdi. “Kanonirlar” yosh futbolchining mersisaydliklar safidagi holatini kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Alan Nikson xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, agar Ngumoha joriy mavsumda “Liverpul”ning asosiy tarkibidan muntazam joy ola olmasa, “Arsenal” uning transferi bo‘yicha harakat boshlashi mumkin. Futbolchiga Germaniyaning “Bavariya” klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga, Ngumohaning “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda. Bu esa “Arsenal” va boshqa da’vogar klublar uchun ehtimoliy transferni murakkablashtirishi mumkin. Yosh futbolchi “Liverpul”ga 2024-yilda “Chelsi” akademiyasidan kelib qo‘shilgan.
Ma’lumot uchun, Rio Ngumoha joriy mavsumda barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo hozircha gol yoki assist qayd etmagan. Uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.