locale OZ

«Arsenal» «Lill»ning 18 yoshli yarimhimoyachisini nishonga oldi

Londonliklar ushbu transferni yanvar oyida amalga oshirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» «Lill»ning 18 yoshli yarimhimoyachisini nishonga oldi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «Lill» klubi yarimhimoyachisi Ayub Buaddi Londonning «Arsenal» jamoasi e’tiboriga tushdi va klubning qishki transfer oynasi uchun asosiy maqsadlaridan biriga aylandi.

RMC Sport jurnalisti Fabris Xoukinsning X dagi xabariga ko‘ra, «kanonirlar» 18 yoshli futbolchini yanvarda olib kelish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi sport direktori Andrea Berta allaqachon Buaddining atrofidagi vakillar bilan muzokaralar o‘tkazgan. Biroq «Lill» rahbariyati shoshilmayapti — klub yaqinda Buaddining shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgan.

«Lill»ning strategiyasi — yosh iqtidorni yanvar emas, balki yozda yanada yuqori narxga sotish. Taxminlarga ko‘ra, agar transfer yozda amalga oshsa, uning qiymati 50 million yevrodan oshishi mumkin. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra esa, Buaddining hozirgi bozor bahosi 30 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Ayub Buaddi klub safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bir bor golli uzatma qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting