«Arsenal» Leon Goretskaga qiziqish bildirmoqda
«Bavariya» yarimhimoyachisi Leon Goretska faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bayern Insider nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, tajribali futbolchi xizmatlariga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Goretskaning Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Shu tariqa, mavsum yakunlangach, u erkin agentga aylanadi. Xabarlarga ko‘ra, Leonning o‘zi ham Angliyadagi kuchli va jismoniy kurashlarga boy futbol uslubi unga mos kelishiga ishonmoqda.
Goreska joriy mavsumni «Bavariya»da yakunlab, yozda Tumanli albionga yo‘l olishni rejalashtirgan.
Maʼlumot uchun, Leon Goretska 2018 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 28 ta Uning joriy oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarktdagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.