«Arsenal» Kventen Timberga qiziqish bildirmoqda
Londonning «Arsenal» klubi 24 yoshli yarimhimoyachi Kventen Timberni («Feyenoord», Niderlandiya) jamoaga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Caught Offside nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi Angliya klubi uchun potentsial transfer maqsadi bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsum oxirida Kventen Timber erkin agent maqomini olishi kutilmoqda, chunki uning Rotterdam klubi bilan amaldagi shartnomasi iyun oxirida yakunlanadi.
Manbalarga ko‘ra, London klubi yarimhimoyachini taklif qilish variantini baholamoqda. Shu bilan birga, qiziqarli jihati shundaki, Kventen Timberning egizak akasi Yurien Timber allaqachon «kanonirlar» safida to‘p surmoqda.
Joriy mavsumda Kventen «Feyenoord» safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali Niderlandiya milliy jamoasi futbolchisining bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.