«Arsenal» Kvartskheliyani sotib olishni ko‘rib chiqmoqda
Transfermarkt Kvartskheliyaning bozor qiymatini 90 million yevro deb baholaydi.
ФОТО: Getty images
Angliyaning «Arsenal» klubi Parijning PSJ jamoasi vingeri Xvicha Kvaratskheliani transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Sky Sports News xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Chempionlar Ligasi finaliga chiqish "kanonirlar"ning moliyaviy imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi. London klubi Xvichaga 122 million funt sterling taklif qilishga tayyor.
Gruziyalik futbolchi PSJ safida 76 ta o‘yinda qatnashdi, bu uchrashuvlarda u 26 ta gol urdi va 18 ta assist amalga oshirdi. Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, Transfermarkt Kvartskheliyaning bozor qiymatini 90 million yevro deb baholaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist