locale OZ

«Arsenal» Konega qiziqmoqda

Konening “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Konega qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

"Arsenal" klubi "Roma" yarim himoyachisi Manu Koneni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozircha londonliklar tomonidan futbolchiga rasmiy taklif yuborilmagan, ammo "kanonirlar" uning atrofidagilar bilan dastlabki muzokaralarni boshlab bo‘lgan. Konening "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, "Aston Villa" ham ushbu futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan mavsumda Manu Kone barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda u Italiya A Seriya chempionatidagi eng qimmat futbolchilardan biri bo‘lib, top-10likka kiradi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting