locale OZ

«Arsenal» klub rekordini yangiladi

Ilgari eng yuqori ko‘rsatkich 1970/1971 mavsumida qayd etilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» klub rekordini yangiladi
ФОТО: Getty images

Londonning “Arsenal” klubi bir mavsumda erishgan g‘alabalar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Angliya Premer-ligasi 36-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Arsenal” “Vest Hem”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va 2025/2026 mavsumida barcha turnirlarda 42-chi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Bu klub tarixida eng yaxshi natija hisoblanadi. Ilgari eng yuqori ko‘rsatkich 1970/1971 mavsumida qayd etilgan bo‘lib, o‘sha paytda “Arsenal” yilni 41 g‘alaba bilan yakunlagan edi.

Joriy mavsumda “Arsenal” 79 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Yaqin raqib “Manchester Siti” esa 74 ochko bilan ikkinchi pog‘onada va bir o‘yinni o‘tkazmagan holda turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting