locale OZ

«Arsenal» ketma-ket sakkizta oʻyindan beri «Tottenhem»ga yutqazmayapti

«Kanonirlar» hozirda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» ketma-ket sakkizta oʻyindan beri «Tottenhem»ga yutqazmayapti
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 27-turi doirasida o‘tgan Shimoliy London derbisida «Arsenal» «Tottenhem»ni 4:1 hisobida tor-mor etdi. Ushbu natija orqali Mikel Arteta shogirdlari o‘zining prinsipial raqibiga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasini 8 ta o‘yinga yetkazib oldi.

«Kanonirlar» so‘nggi yillarda ushbu qarama-qarshilikda mutlaq ustunlik qilmoqda:

  • 2022/23 mavsum: Ikki g‘alaba (3:1, 2:0);
  • 2023/24 mavsum: Durang (2:2) va g‘alaba (3:2);
  • 2024/25 mavsum: Ikki g‘alaba (1:0, 2:1);
  • Joriy mavsum: Ikki g‘alaba (har ikkala o‘yinda 4:1).

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» 61 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Aksincha, «Tottenhem» uchun ahvol og‘irlashib bormoqda — «shporlar» 29 ochko bilan 16-pog‘onaga tushib ketishgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting