\"Arsenal\" Kepa uchun qancha to‘layotgani ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
Londonning “Chelsea” klubi darvozaboni Kepa Arrizabalaga "Arsenal"ga o‘tmoqda.
Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, “kanonirlar” ispaniyalik posbonning “aristokratlar” bilan shartnomasida ko‘rsatilgan 5 million funtlik tovon puli bandini faollashtirgan. Kelishuv bo‘yicha barcha hujjatlar tayyor.
Kepa Arrizabalaga "Arsenal"ning ikkinchi darvozaboni bo‘lishi kutilmoqda. Jamoaning asosiy posboni David Raya bo‘lib qoladi.
2024/25 mavsumda Kepa "Bournemouth"da ijarada o‘ynadi. U APLda 31 ta uchrashuv o‘tkazib, 39 ta gol o‘tkazib yubordi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist