«Arsenal» Kenan Yildizning transferi boʻyicha muzokaralar olib bormoqda
Londonning «Arsenal» klubi «Yuventus» vingeri Kenan Yildizga jiddiy qiziqish bildirmoqda va futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining agenti Xorxe Mendesh allaqachon Turin shahrida ingliz klubi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar ehtimoliy transferning shartlarini muhokama qilgan. Transfer narxi 90–100 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq, Yildizni «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari ham kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Turk xalqasiga mansub yarim himoyachining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Maʼlumot uchun, Yildiz joriy mavsumda klub safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.