locale OZ

Arsenal Kenan Yildiz uchun xaridor sifatida maydonga chiqdi

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal Kenan Yildiz uchun xaridor sifatida maydonga chiqdi
ФОТО: Getty images

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Repubblica nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "kanonirlar" allaqachon "Katta Sinora"ning 20 yoshli yulduzining agenti bilan aloqa o'rnatgan.

"Yuventus" o'z yetakchisining narxini taxminan 97 million yevroga baholamoqda. Uning xizmatlariga “Chelsi” va “Real” ham qiziqish bildirmoqda.

Kenan Yildiz joriy mavsum "Bianconerilar" safida 17 ta o'yinda 5 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting