locale OZ

«Arsenal» Karim Adeyemi uchun kurashga qoʻshildi

«Borussiya D» hujumchisiga, shuningdek, «MYU» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Karim Adeyemi uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Karim Adeyemi transferi uchun kurashga qo‘shildi. TEAMtalk’ning xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida sotib olinishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Adeyemi dortmundliklar bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagach, unga boshqa top-klublarning qiziqishi keskin kuchaygan.

«Borussiya» esa hujumchini qishda 70 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborish niyatida emas. Futbolchining atrofidagilar esa uning London klubiga ko‘chib o‘tishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Maʼlumot uchun, Adeyemi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting