locale OZ

“Arsenal” Jyul Kundega ko'z tikdi

“Barselona” moliyaviy tushumga ehtiyoj sezayotgani sabab himoyachi uchun tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
“Arsenal” Jyul Kundega ko'z tikdi
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “Barselona” himoyachisi Jyul Kunde transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli fransiyalik futbolchi “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Artetaga juda yoqmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, “Arsenal” Kunde bo‘yicha hozircha sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmagan. Shunga qaramay, “Barselona” moliyaviy tushumga ehtiyoj sezayotgani sabab himoyachi uchun tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Biroq transfer yo‘lidagi asosiy to‘siq futbolchining o‘zi bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Kunde “Barselona”ni tark etishni istamayapti va faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirish niyatida.

O‘tgan mavsumda fransiyalik himoyachi barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting