locale OZ

«Arsenal» joriy mavsum YChLda ketma-ket beshinchi marta gʻalaba qozondi

Londonliklar 5-turda «Bavariya»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» joriy mavsum YChLda ketma-ket beshinchi marta gʻalaba qozondi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» joriy mavsum Chempionlar ligasida ketma-ket beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Turnir umumiy bosqichining 5-turida londonliklar «Bavariya»ni 3:1 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Bungacha «Arsenal» musobaqa davomida «Atletik»ni 2:0, «Olimpiakos»ni 2:0, «Atletiko»ni 4:0 va «Slaviya»ni 3:0 hisobida yenggandi.

Ayni damda «Arsenal» 15 ochko bilan Chempionlar ligasi turnir jadvalining mutlaq peshqadami bo‘lib turibdi. Jamoa yaqin ta’qibchilari — «PSJ», «Bavariya», «Inter» va «Real»ni uch ochkoga ortda qoldirgan.

Keyingi turda «Arsenal» 10 dekabr kuni «Bryugge»ga qarshi maydonga tushadi. Amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi esa «PSJ» hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting