locale OZ

«Arsenal» joriy mavsum Chempionlar Ligasida magʻlubiyatga uchramagan yagona klub boʻlib turibdi

Londonliklar ikki oʻyin natijasiga koʻra «Sporting»ni magʻlub etib, turnir yarimfinaliga yoʻllanma oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» joriy mavsum Chempionlar Ligasida magʻlubiyatga uchramagan yagona klub boʻlib turibdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi UEFA Chempionlar Ligasining birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Chorak final javob uchrashuvida «to‘pchilar» «Sporting» bilan durang o‘ynashdi (0:0) va turnirning yarimfinaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Jamoalar o‘rtasidagi bir hafta oldin bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda londonliklar minimal (1:0) hisobda g‘alaba qozonishgan edi. Mikel Arteta shogirdlari umumiy bosqichni ham hisobga olganda, jami 12 ta uchrashuvning 10 tasida g‘alaba qozonib, 2 bor durang qayd etishdi.

Chempionlar Ligasining 1/2 finalida «Arsenal» Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bir kun avval «matraschilar» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Barselona»dan ustun kelib (2:0, 1:2), yarimfinalga chiqqan edilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting