locale OZ

«Arsenal» Jezusni sotmoqchi, unga Braziliyadan xaridor bor

Forvardning oʻzi esa mavsum oxirigacha APLni tark etishni istamayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Jezusni sotmoqchi, unga Braziliyadan xaridor bor
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi hujumchi Gabriel Jezus bilan xayrlashishga tayyor. Braziliyalik futbolchining transferiga «Palmeyras» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, forvard mavsum oxirigacha Angliya Premer-ligasini tark etishni istamayapti va o‘zini ko‘rsatishga umid qilmoqda.

Avvalroq, 2025 yil yanvar oyida Jezush tizzasining xochsimon bog‘lamlaridan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi. Shundan so‘ng u APLning 19-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda (4:1) gol urib, sobiq «Milan» yarimhimoyachisi va Braziliyaning so‘nggi «Oltin to‘p» sohibi Kaka ijrosini takrorladi. Jezus golni nishonlar ekan, futbolkasini yechdi va uning ostida «I belong to Jesus» («Men Isoga tegishliman») yozuvi tushirilgan oq mayka bor edi.

Joriy mavsumda Gabriel Jezus barcha musobaqalarda «Arsenal» safida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting