locale OZ

«Arsenal» «Inter» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Londonliklar sport direktori Italiyadagi skautlardan futbolchi haqida maʼlumot soʻragan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» «Inter» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi «Inter»ga tegishli bo‘lgan 23 yoshli hujumchi Sebastyano Espozitoni yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgiladi. Futbolchi o‘tgan yilning avgust oyidan buyon ijara asosida «Kalyari» safida to‘p surmoqda. Bu haqda Football Transfers nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «kanonirlar» sport direktori Andrea Berta Italiyada faoliyat yuritayotgan skautlardan futbolchi haqida batafsil ma’lumot so‘ragan. «Arsenal» Espozitoni dastlab zaxira hujumchisi sifatida ko‘rmoqda, biroq kelajakda uning asosiy tarkib darajasidagi futbolchiga aylanishiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda Sebastyano Espozito barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik hujumchining bozor qiymati 9 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting