«Arsenal» Inkapyeni ijaraga oldi
Фото: Арсенал ФК
"Arsenal" klubi Leverkuzenning "Bayer" klubi himoyachisi Pero Inkapiye bilan shartnoma imzoladi.
Ekvadorlik futbolchining ijarasi bir mavsumga mo'ljallangan. London jamoasi sport direktori Andrea Berta transfer haqida gapirdi.
O‘tgan mavsumda Inkapiye barcha musobaqalarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 50 million yevroni tashkil qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist