locale OZ

«Arsenal» hujumchisi «Liverpul»ga qarshi oʻyinda janjal chiqardi (foto)

Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» hujumchisi «Liverpul»ga qarshi oʻyinda janjal chiqardi (foto)
FOTO: Getty Images

«Arsenal» hujumchisi Gabriyel Martinelli Angliya chempionati 21-turida «Liverpul» (0:0) bilan o‘yinda ommaviy janjalga sababchi boʻldi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Martinelli «Liverpul» himoyachisi Konor Bredlini maydon tashqarisiga surishga harakat qilgan, natijada boshqa futbolchilar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. O‘yin davomida Bredli aravachada maydonni tark etgan.

21-turdan so‘ng «Arsenal» 49 ochko bilan Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda, «Liverpul» esa 35 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda. Keyingi turda «kanonirlar» 17 yanvar kuni «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushadi, merseysaydliklar esa ayni kuni «Byornli» bilan o‘yinda maydonga chiqadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting