locale OZ

Arsenal himoyachisi Londondagi boshqa jamoaga o'tishga yaqin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal himoyachisi Londondagi boshqa jamoaga o'tishga yaqin
Photo: Getty Images

"Arsenal" futbolchisi Aleksandr Zinchenko klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko'ra, londonliklar ukrainalik himoyachini sotib yubormoqchi. "West Ham" esa Zinchenkoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchining ko'p jarohat olishi sababli “Bolg'achilar” uni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tgandan keyingina o'z safiga qo'shib oladi.

Avvalroq, Zinchenkoga "Milan" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Zinchenko o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting