“Arsenal” himoyachisi La Liga klubiga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
Shotlandiya terma jamoasi va “Arsenal” himoyachisi Kieran Tierney faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Sky Sport xabar berishicha, “Sevilya” klubi Tierney xizmatiga jiddiy qiziqib qolgan va yozda taklif bilan chiqishni maqsad qilgan. 27 yoshli chap qanot himoyachisi uchun “Bayer”, “Yuventus” va “Everton” jamoalari ham da'vogarlik qilmoqda.
Futbolchining transfer bahosi 10 million yevroni tashkil etmoqda. Joriy mavsumda u “to'pchilar” safida 15 o'yinda maydonga tushgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist