locale OZ

«Arsenal» hamon APLda chempionlik uchun asosiy da’vogar (Opta)

Besh turdan keyin APL jadvalida «Manchester City» peshqadam.
 «Arsenal» hamon APLda chempionlik uchun asosiy da’vogar (Opta)
ФОТО: Getty images

Angliya Premyer-ligasida dastlabki besh tur yakunlariga ko‘ra, Opta superkompyuteri 2026/27-yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli bo‘yicha hisob-kitoblarni yangiladi.

Opta hisob-kitobiga ko‘ra, amaldagi chempion «Arsenal»ning chempionlikni himoya qilish imkoniyati 43,52 foiz deb baholanmoqda. Dastlabki baholashda ushbu ko‘rsatkich 38 foizni tashkil etgan edi.

Ikkinchi ko‘rsatkich «Manchester City»ga tegishli bo‘lib, Manchester klubining chempionlik ehtimoli qariyb 41 foizga teng. «Liverpool» uchun mazkur ko‘rsatkich 4,4 foiz deb qayd etilgan.

«Chelsea»ning chempionlik ehtimoli 1 foiz, «Manchester United»niki esa 0,9 foiz atrofida baholangan.

Shu bilan birga, superkompyuter hisob-kitobi turnirdagi amaldagi holatdan farq qilishi mumkin. Besh turdan keyin APL jadvalida «Manchester City» peshqadam bo‘lib, «Arsenal»dan 3 ochko oldinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting