«Arsenal» Gyulerdan transferdan voz kechdi
“Arsenal” “Real”ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyulerni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan edi.
Fichajes xabariga ko‘ra, futbolchining yangi mavsumdagi yuqori darajadagi o‘yini sababli londonliklar bu xaridni amalda imkonsiz deb hisoblamoqda.
Manbaga ko‘ra, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Arda Gyulerni Martin Edegor uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgan edi. Hattoki klub yozgi transfer oynasi chog‘ida futbolchi uchun taklif ham yuborgan. Biroq “Real” ustozi Xabi Alonso Gyuler jamoa uchun muhim futbolchi ekanini ta’kidlab, bu transferga qat’iy rad javobini bergan.
Arda Gyuler joriy mavsum “Real” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.