locale OZ

«Arsenal» Gyokereshni qo‘yib yuborishga tayyor

Uning londonliklar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa 2030 yil iyun oyining oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Gyokereshni qo‘yib yuborishga tayyor
ФОТО: Getty images

Shved markaziy hujumchisi Viktor Gyokeresh joriy mavsum yakunlangach, Londondagi "Arsenal" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi indykaila News akkaunti xabar bermoqda.

"Kanonirlar" rahbariyatini skandinaviyalik hujumchining ushbu mavsumdagi o‘yini unchalik hayratlantirmadi. Klub yozgi transfer oynasida potensial xaridorlardan keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Gyokereshning bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda, uning londonliklar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa 2030 yil iyun oyining oxirida yakuniga yetadi.

Joriy APL mavsumida 27 yoshli hujumchi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol (ulardan uchtasi penaltilardan) yozdirib qo‘ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting