\"Arsenal\" Gyokereshga yiliga qancha maosh taklif qilgani ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
"Arsenal" klubi “Sporting” hujumchisi Viktor Gyokeresh uchun asosiy da'vogar sifatida qaralmoqda. Bu haqda A Bola xabar berdi.
Qayd etilishicha, "to‘pchilar" shved hujumchisi uchun bir qator yirik klublarga qarshi kurashda peshqadamlik qilmoqda. Londonliklar Gyokereshga yiliga 8,3 mln yevro maosh taklif qilmoqda. Shuningdek, futbolchi bilan 4 yoki 5 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
"Arsenal"ning qisqa ro‘yxatida Aleksandr Isak ham bor. Ammo London klubi bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikricha, Gyokeresh bilan shartnoma imzolash "Nyukasl" hujumchisidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lardi.
Viktorning transferi 70 yoki 75 million yevroga tushadi. Hozircha “Sporting”ga rasmiy takliflar kelib tushmagan.