Arsenal Gülerga qiziqish bildirmoqda
Ardaning Transfermarkt saytidagi narxi - 90 million yevro.
ФОТО: Getty images
"Real" klubi yarim himoyachisi Arda Güler Londondagi "Arsenal" klubining asosiy transfer maqsadiga aylangan.
Caught Offside nashri xabar berishicha, "kanonirlar" vakillari 20 yoshli futbolchining holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Agar Güler APL klubiga o'tishga rozi bo'lsa, klub muzokaralarni boshlashga tayyor.
Biroq, madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso hali ham futbolchidan umid qilmoqda va uning ketishini maqullamaydi.
Ma'lumot uchun, Arda Gülerning Transfermarkt saytida narxi - 90 million yevro. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda "qaymoqranglilar" safida 25 ta o'yinda 3 ta gol va 7 ta assistni o'z hisobiga yozdirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist