locale OZ

\"Arsenal\" futbolchisi \"Chelsi\"ga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" futbolchisi "Chelsi"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Arsenal” yarim himoyachisi Ethan Nwaneri faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano.

Manbaga ko‘ra, agar futbolchi "to‘pchilar" bilan shartnomasini uzaytirmasa, “Chelsi” transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

“Arsenal” Nwaneri bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Biroq tomonlar bir to‘xtamga kela olishmagan. Futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda.

O‘tgan mavsumda Nwaneri 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting