locale OZ

“Arsenal” futbolchilari Vinisiusning transferini kutishmoqda

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv yo‘q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” futbolchilari Vinisiusning transferini kutishmoqda
Foto: Getty Images

“Arsenal” kiyinish xonasida “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorning jamoaga qo‘shilish ehtimoli jiddiy muhokama qilinmoqda.

AS nashriga ko‘ra, London klubi rahbariyati braziliyalik futbolchini transfer qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor. Hatto “Arsenal” futbolchilariga ham kelishuv amalga oshish ehtimoli yuqori ekani ma’lum qilingan.

Ayni paytda Vinisius agenti bilan “Real Madrid” bazasiga kelgan. Tomonlar futbolchining kelajagi va amaldagi shartnomasini uzaytirish masalasida muhim muzokaralar olib bormoqda.

“Real” rahbariyati esa “Arsenal”ning qiziqishi shunchaki mish-mish emasligini va ingliz klubi futbolchini jiddiy ravishda o‘z safiga qo‘shishni istayotganini tushunib turibdi.

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy kelishuv yo‘q. Vinisiusning kelajagi “Real” bilan bo‘layotgan muzokaralardan keyin aniq bo‘lishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting