\"Arsenal\" Eze transferi uchun 68 mln yevro sarflamoqchi
Photo: Getty Images
"Arsenal" klubi "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Eberichi Ezeni o'z safiga qo'shib olish uchun muzokaralarni boshlamoqchi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub 27 yoshli ingliz futbolchisi uchun 60 million funt sterling (taxminan 68,4 million yevro) to'lashga tayyor. Biroq bu summa "Kristal Pelas" tomonidan futbolchi uchun belgilangan 68 million funtdan (77,5 million yevro) biroz kamroq.
Ma'lumot uchun, Eze o'tgan mavsum jami 43 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 14 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Uning "Pelas" bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali Eberichining qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor