locale OZ

«Arsenal» Endrikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Hujumchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Endrikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” klubi Madridning “Real” klubiga tegishli bo‘lgan, ayni damda ijarada Fransiyaning “Lion” jamoasida to‘p surayotgan hujumchi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

London klubi yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Hozircha “to‘pchilar” 19 yoshli braziliyalik forvard borasida rasmiy taklif bilan chiqishgani yo‘q.

Hujumchi “Lion”dagi ijara muddati yakunlangach, yana Madridga qaytishni va “qirolicha klubi”ning asosiy tarkibidan joy olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Endrik joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol urdi va yana shuncha (7 ta) golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha imzolangan. Transfermarkt portalining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting