locale OZ

«Arsenal» Endrikni ijaraga olishi mumkin

Ayni paytda Endrikning bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda.
«Arsenal» Endrikni ijaraga olishi mumkin
ФОТО: Getty images

Madridning «Real» klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan braziliyalik hujumchi Endrik qishki transfer oynasida Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Teamtalk ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga amaldagi Angliya chempioni Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» yanvar oyida braziliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Manbaga ko‘ra, londonliklar Endrikni yarim mavsumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bunda futbolchini majburiy sotib olish bandi bo‘lmaydi.

Ayni paytda Endrikning bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda. Braziliyalik hujumchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyining oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting